Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin “qirollik klubi”ni tark etish niyatida emas.
Ukrainalik posbon joriy mavsumda Tibo Kurtua o'rnini bosadigan futbolchi rolini o'ynamoqda. Darvozabon joriy mavsum "Real"ning to'rtta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
"Men qatnashgan o'yinlardan saboq olib, uch yil davomida qattiq mehnat qildim, azob chekdim va kutdim. Men hali ham alohida narsaga erishishga harakat qilaman va ketmayman. "Real"da qolmoqchiman", - dedi Lunin Relevo bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Ukrainada Lunin "Dnepr" va "Zarya" kabi jamoalarda o'ynagan. 23 yoshli darvozabonning "Real" bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida yakuniga etadi.