Toni Kroosning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 32 yoshli germaniyalik yarim himoyachining "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha hisoblangan. "Qaymoqranglilar" ustozi Karlo Anchelotti vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Futbol muxlisi sifatida Toni Kroos yozda futboldan ketishini tasavvur qilishim qiyin. U faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi ekanligini aytdi, shuning uchun shartnomani uzaytiradi deb o'ylayman", - dedi Anchelotti jurnalistlarga.
Toni Kroos 2014 yilning yozida "Bavariya"dan "Real"ga ko'chib o'tgandi. Germaniyalik futbolchi Madrid klubi tarkibida 384 ta o'yinda 26 ta gol va 87 ta golli uzatmani amalga oshirgan.