"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar" futbolchisi Vinisius Juniorga nisbatan irqchilikning namoyon bo'lishini qoraladi.
Futbolchi Madrid jamoasi bilan La Liga o'yinida ("Real" 2:0 hisobida g'alaba qozongan) “Valyadolid” muxlislari tomonidan haqoratlangan.
"Vinisius bilan men buni muhokama qilmadik. Men bo'lmasligi kerak bo'lgan narsalar haqida, irqchilik va ksenofobiya haqida gapirishni xohlamayman. Bu jamiyatning kasalligi, bunday bo'lmasligi kerak. Men buni juda salbiy qabul qilaman.
Men bu mavzuni chuqur o'rganishni xohlamayman. Aytganimdek, bu La Liga muammosi emas, balki jamiyat va madaniyat muammosi. Menimcha, jamiyatda hozirda ta'lim etishmaydi. Irqchilik va ksenofobiya juda jiddiy muammolardir" - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.