Krishtianu Ronaldu "Real"dan "Yuventus"ga o'tganidan ko'p marta pushaymon bo'lgan.
Relevo nashrining portugaliyalik futbolchining atrofidagilarga tayanib xabar berishicha, Ronaldu hech qachon Turinda Madriddagidek baxtli bo'lmagan. Bir necha oy davomida Krishtianu o'zini juda yomon his qildi va "Yuventus"ga o'tganidan afsuslandi.
Ronaldu "Yuventus"da sermahsul o'ynagan va bir nechta sovrinlarni qo'lga kiritganiga qaramay, u hech qachon jamoaga to'g'ri kelmagan. U "Yuve"dagi sheriklari bilan deyarli muloqot qilmagan.
Ronaldu nihoyat "Yuve"dan charchaganida "Manchester Yunayted"ga o'tdi.
Qayd etilishicha, “Manchester Yunayted” bilan shartnoma bekor qilinganidan so'ng hujumchi “Real”dan unga taklif bilan chiqishni so'nggi daqiqalargacha kutgan. Shu tufayli Ronaldu hatto Madrid bazasida mashg'ulotlarga ham bordi. Biroq, "Real" unga shartnoma taklif qilmadi.
Bir necha kun oldin hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi futbolchisiga aylandi.