"Real" klubi "Liverpul" himoyachisi Ibrohima Konatega qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi MediaFoot.
Manbaga ko'ra, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchining JCh-2022dagi o'yinidan qoyil qolgan va klub mavsum yakunlanganidan so'ng yozgi transfer oynasida 23 yoshli frantsiyalik futbolchini qo'lga kiritishni istamoqda.
Konate “Liverpul” safida 2021 yilning iyulidan buyon to'p suradi. 2022/23 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda mersisaydliklarning 4 ta uchrashuvida qatnashgan. 2022 yilgi jahon chempionatida u turnir finaliga qadar etib borgan va Argentinaga yutqazgan (3:3, penaltilar seriyasida – 2:4) Frantsiya terma jamoasi safida 5ta o'yin o'tkazgan.
Transfermarkt.com Konateni 35 million evroga baholadi.