Madridning "Real" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegorga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoga ko'ra, "Real Madrid"da Edegorni qaytarib sotib olish imkoniyati yo'q. Shartnomada shunday band kiritilgan. Futbolchi hozirgi vaqtda "Arsenal"da baxtli, u klub loyihasiga ishonadi.
24 yoshli norvegiyalik futbolchi jori mavsum "kanonirlar" safida jami 27 ta o'yinda 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi.