Ispaniya La ligasi prezidenti Xaver Tebas "Real Madrid"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan navbatdagi irqchilik ko'rinishlari haqida gapirdi.
“Biz ligada irqchilikka qarshi har tomonlama kurashyapmiz. Bizning tuzilmamiz kelajakda barchamiz bir yo'nalishda harakat qilishimiz uchun ushbu muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda", - deya xabar qoldirdi rahbar ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya chempionatining "Valyadolid"ga qarshi o'yinida Vinisius irqchilikka asoslangan haqoratlarga uchragan edi. Raqib jamoa muxlislari janubiy amerikalik futbolchini maymun, deb atashdi.