Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Vinisius Junior yana raqib muxlislarining irqchi hujumlari qurboniga aylandi. Kecha "Valyadolid"ga qarshi safar o'yinida zaxiradan maydonga tushgan braziliyalik muxlislarning maymun ovoziga taqlid qilishini eshitdi.
Vinisius birinchi marta irqiy zo'ravonlikka duchor bo'layotgani yo'q. Oxirgi marta bunday voqea "Atletiko"ga qarshi Madrid derbisi vaqtida sodir bo'lgan edi.
Kecha "Valyadolid" bilan o'yinda "Real" mehmonda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.