Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasi joriy mavsumda Ispaniya kubogida g'alaba qozonishga qaror qilganini aytdi.
“Keyingi o'yinimiz Ispaniya kubogida bo'ladi. Bu mavsumda biz ushbu turnirda g'alaba qozonishni istaymiz. Eden Azar? O'ylaymanki, u keyingi o'yinda ishtirok etadi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" oxirgi marta 2014 yilda kubokni qo'lga kiritgan edi.