Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich jahon chempionatidan keyingi holati haqida gapirdi.
“Jahon chempionatidan so'ng o'zimni biroz og'ir his qildim, ammo hech qanday dahshatli narsa yo'q. Men jismonan emas, ruhiy jihatdan ko'proq charchadim, lekin men hali ham mashg'ulotlarni boshlashni xohlardim", - deya Modrichning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Modrich Xorvatiya terma jamoasiga jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritishda yordam berdi.