“Real” himoyachisi Eder Militao kecha Ispaniya chempionatidan o'rin olgan “Valyadolid”ga qarshi o'yinni nega o'tkazib yuborgani ma'lum bo'ldi. Marca xabariga ko'ra, braziliyalik jarohat olgan.
Jarohat darajasi hozircha ma'lum emas. Katta ehtimol bilan himoyachi o'yin oldidan jarohat olgan, chunki bosh murabbiy Karlo Anchelotti o'yindan oldingi matbuot anjumanida Militaoning ahvoli haqida hech narsa demagan.
Joriy mavsumda braziliyalik Ispaniya chempionatida uchta gol urdi.