«Real» yarimhimoyachisi Marko Asensio Chempionlar ligasidan o'rin olgan APOEL klubiga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Bosh murabbiy Zayniddin Zidan buning sabablarini tushuntirayotganida, o'zini kulgudan tiyib turolmadi.
«Uning oyog'iga husnbuzar chiqib ketdi, natijada getrasini kiyolmay qoldi» - dedi mutaxassis.
Ispaniyaning ABC nashri xabariga ko'ra, Asensio oyog'ining tuklarini qirtishlab, husnbuzar toshib ketishiga sabab bo'lgan.