Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya La ligasining 15-turidan o'rin olgan «Valyadolid»ga qarshi bahsdan so'ng OAVga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Qirollik» klubi yakunda 2:0 hisobida g'alabani nishonladi. Har ikkala golga ham hujumchi Karim Benzema mualliflik qildi.
«Ushbu ajoyib yilni muvaffaqiyatli yakunlash uchun «Real Madrid» g'alaba qozonishi kerak edi va buni uddaladik. O'yin qiyin bo'ldi, ammo biz faqat uch ochko uchun harakat qildik. Yakunda hammasi joyiga tushdi va biz g'alabani nishonlayapmiz», - dedi italiyalik mutaxassis.
Ma'lumot uchun, 15 turdan keyin Madrid klubi 38 ochko bilan La Liga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Anchelotti shogirdlari ikkinchi o'rindagi «Barselona»dan bir ochkoga oldinda.