Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vinger Eden Azarning hozirgi formasi haqida gapirdi.
“Men Azarni kuzatyapman, u yaxshi mashq qilmoqda. Uning hozirgi formasini JCh-2022dagidan yaxshiroq baholayman. U yaxshi mehnat qilmoqda, men o'yinlar davomida butun tarkibdan foydalanaman”, - deydi Anchelotti.
Joriy mavsumda Azar “Real” safida barcha turnirlarda 6 ta o'yinda maydonga tushib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qilgan. Umumiy hisobda u maydonda 229 daqiqa o'tkazdi.