"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Karim Benzemaning formasini yuqori baholadi.
"Benzema 10 dekabr kuni safga qaytdi va o'shandan beri yaxshi holatda. U jamoa bilan mashg'ulotlarda ishlagan, o'rtoqlik o'yinlarida ham qatnashgan. Karim ajoyib ish olib bormoqda va katta ishtiyoq ko'rsatmoqda. O'ylaymanki, u tez orada o'zining eng yaxshi xislatlarini namoyon etadi”, - deydi Anchelotti Marca nashriga.
Jarohati tufayli 35 yoshli hujumchi Frantsiya terma jamoasi tarkibida JCh-2022ga bormadi.
JCh-2022da Frantsiya terma jamoasi finalga chiqdi va Argentinaga yutqazdi (3:3, penaltilar seriyasida - 2:4). Turnir yakunlangach, Benzema terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.