Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Ular menga qo'ng'iroq qilishmadi. Agar ular menga haqiqatan ham qiziqish bildirishsa, men buni qadrlayman. Vaziyatim aniq: men hali ham shu erdaman va “Real”ga bizning sarguzashtimiz tugaganini aytmayman”, - dedi Anchelotti.
Avvalroq Tite Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgandi. Uning qo'l ostida jamoa JCh-2022 1/4 finaliga chiqdi va Xorvatiyaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi.