"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatida "Selta" ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.
"Qolgan o'yinlar eng qiyini bo'ladi va ularga oz qoldi.
Bizda bitta qoldirilgan uchrashuv bor edi, ammo u biz uchun juda muhim edi. Uning ahamiyatini yaxshi tushunardik, shuning uchun "Selta" bilan o'yinga yaxshi tayyorlandik. Endi tiklanishimiz kerak, bugun ko'p kuch sarfladik, keyin "Malaga" bilan o'yinga tayyorlanamiz.
Yaxshi o'yin ko'rsatdik, kayfiyatimiz va shaxsiy harakatlar yaxshi saviyada bo'ldi. Biz ochko haqida o'ylamadik, shunchaki, o'z ishimizni bajardik. Buning uchun mukofotlandik", - deydi Zidan.