Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining aytishicha, yarim himoyachi Eden Azar hozir jahon chempionati boshlanishidan avvalgi holatiga qaraganda, hozir ancha yaxshi holatda.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi sardori o'z terma jamoasi bilan jahon chempionatidan guruh bosqichida qolib ketdi, shundan so'ng u xalqaro faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi.
"Azar yaxshi, u yaxshi mashq qiladi. O'ylashimcha, hozir u jahon chempionati boshlanishidan oldingi holatdan yaxshiroq formada. Mavsumning ikkinchi qismida undan ko'proq foydalanaman", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Azar avvalroq 2023 yil yozgi transfer oynasida "Real"ni tark etishini istisno qilmagan edi.