Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni “qaymoqranglilar” safiga qo'shmoqchi, deya xabar beradi Cadena COPE.
Avvalroq 19 yoshli angliyalik futbolchiga "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari ham faol qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Bellingemning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt angliyalik futbolchini 110 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda yosh yarim himoyachi arilar tarkibida 22 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.