Qanot hujumchisi Marko Asensio "Real"dagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Marca nashrining xabar berishicha, "qirollik klubi" rahbariyati yaqin orada 26 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Amaldagi kelishuv 2023 yilning iyun oyi oxirigacha tuzilgan.
26 yoshli Asensio joriy 2022/23 yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 23 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.