Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich klubdagi faoliyatini davom ettiradi.
Marca xabariga ko'ra, Modrich katta ehtimol "Real" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi.
Futbolchi va klub o'rtasida hech qanday kelishmovchiliklar yo'q. Shartnoma uzaytirilishi shunchaki rasmiyatchilik.
37 yoshli xorvat 2012 yilda "Tottenxem"dan 35 million evaziga xarid qilingan edi.