Karim Benzemaning do'sti hujumchi JCh—2022 da Frantsiya tarkibiga chaqirilmagani haqida gapirdi.
Frantsiyalik futbolchi Qatardagi mundial boshlanishidan bir necha kun oldin kichik jarohat oldi va u turnirda ishtirok etmasligi ma'lum bo'ldi. Dide Desham futbolchini terma jamoaga chaqirmadi.
«Frantsiya Qatarga jo'nab ketganidan bir hafta o'tib, Benzema yugurish mashqlarini boshladi va mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Uning maqsadi 4 kundan so'ng "Real" safida o'rtoqlik o'yinida 30 daqiqa maydonga tushish edi. Lekin Stefanning (Dide Deshamning Frantsiya terma jamoasidagi yordamchisi) talqiniga ko'ra, u musobaqada ishtirok eta olmasdi!
Yolg'on gapirishda davom eting, biroq haqiqat bir kun yuzaga chiqadi», — deydi Benzemaning yaqin do'sti va sobiq agenti Karim Jaziri.
Karim Benzema 19 dekabr kuni Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. 35 yoshli futbolchi JCh-2022 da ishtirok etmaganining asosiy sababi sifatida Dide Desham u bilan yaxshi munosabatda bo'lmaganini ko'radi.