Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining yorqin faoliyati “Napoli” boshqaruvida o'tgan mavsumni ham o'z ichiga olgan. U 2018/2019 yilgi mavsumda ushbu jamoani boshqargan. Endi Anchelotti "Napoli"ning Chempionlar ligasi va Italiya chempionatidagi marralarini diqqat bilan kuzatib bormoqda, jamoa turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Anchelotti "Napoli"dan xursand:
"Napoli"ga maslahat bermoqchi emasman, ammo ishonchim komilki, bu jamoa nihoyat Italiya chempioni bo'la oladi. Yaxshi start bor, lekin chempionat hali juda uzoq. "Napoli" bilan yaxshi xotiralarim bor. Hammasi a'lo darajada bo'lgani yo'q, lekin o'sha paytda Italiyada o'zim xohlagandek ishladim, keyin "Everton"da ishladim, keyin esa kutilmaganda "Real"ga qaytdim" - dedi Anchelotti calcionapoli1926.it saytiga.