«Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain «Barselona» muxlislarini haqorat qildi.
AS xabariga ko'ra, EChL 1-turidan o'rin olgan «Barselona» - «Yuventus» (3:0) o'yini oxirida, bosh murabbiy Massimiliano Allegri uni zaxiraga olganida, maydonni tark etayotgan Iguain muxlislarga qarata o'rta barmog'ini ko'rsatgan.
Ma'lumki, argentinalik futbolchi avval «Real» tarkibida o'ynagan. Shu tufayli, kataloniyalik muxlislar o'yin davomida uning sha'niga haqoratlar yog'dirib, tinmasdan hushtakbozlik qilishgan.
Hozircha, Iguainning bu qilig'i bo'yicha UEFA qanday qaror qabul qilishi noma'lum.