"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bavariya" boshqaruvidagi eng alamli mag'lubiyati haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik Myunxen klubini 2013 yildan 2016 yilgacha boshqargan.
"Bavariya" boshqaruvidagi eng alamli mag'lubiyatimmi? 2013/14 yilgi Chempionlar ligasining ikkinchi yarim finalida "Real"ga qarshi o'yin. Men odamlarni juda ko'p tingladim, biz juda dadil o'ynadik. Mag'lubiyatlar futbolda bo'ladi, lekin o'sha lahza dahshatli edi, chunki men xatoimni bilardim”, dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" bilan javob yarim finalida "Real" 2013/14 yilgi mavsumda safarda raqiblarini 4:0 hisobida mag'lub etgandi. Serxio Ramos va Krishtianu Ronaldu ikkitadan gol urishgan edi.