Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema faoliyatini “Qirollik klubi”da yakunlamoqchi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "Real"da o'ynab, butsasini mixga ilishni orzu qiladi. Ayni damda uning shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi, biroq mish-mishlarga ko'ra, Karim "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgach, shartnoma avtomatik ravishda 2025 yilning yoziga qadar uzaytirilgan.
Benzema Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. O'tgan mavsumda "qaymoqranglilar" hujumchisi Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasining eng yaxshi to'purari bo'ldi va keyinchalik "Oltin to'p" bilan taqdirlandi.