Marca gazetasi jurnalistlari "RB Leyptsig"ning xorvatiyalik himoyachisi Yoshko Gvardiol uchun kurashda favorit nomini e'lon qildi. Ispaniyalik jurnalistlarning fikricha, 20 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun "Real" eng yuqori imkoniyatga ega.
Gvardiolga "qirollik" klubidan tashqari Londonning "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Bavariya" klublari qiziqish bildirmoqda. “RB Leyptsig” o'z navbatida futbolchi uchun kamida 100 million evro to'lashsa, u bilan xayrlashishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Yoshko Xorvatiya terma jamoasi tarkibida JCh-2022 bronza medali sovrindoriga aylangandi.