Toni Kroos kelajagi haqida fevral oyida qaror qabul qiladi.
Germaniyalik yarim himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Marca xabariga ko'ra, Kroos Madrid klubini tark etish niyatida emas. U "Real" bilan shartnomasini uzaytirishi yoki faoliyatini yakunlashi mumkin.
Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 32 yoshli yarim himoyachining jamoada qolishiga umid qilmoqda. Kroos yakuniy qarorni fevral oyida qabul qiladi.
Avvalroq, "Real Madrid" futbolchi uchun shartnoma tayyorlab qo'ygani haqida xabar berilgandi.
Kroos joriy mavsum La Ligada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.