"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta o'zining klubi 22/23 mavsumda La Ligada g'olib chiqishiga ishonch bildirmoqda.
“Jamoa La Ligada ajoyib holatda. Oldinda hali ko'p o'yinlar bor bo'lsada, ishonchim komilki, "Barselona" chempionlikni qo'lga kiritadi", - deya Inestaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Ispaniya chempionati davom ettirilishi oldidan "Barselona" 37 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklarning asosiy raqobatchisi – “Real Madrid” ikkinchi o'rinda, “qaymoqranglilar”da 35 ochko bor.