JCh-2022 oldidan xalqaro faoliyatini yakunlagan Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi omadsizligida ayblanmoqda.
Jurnalist Kristina Kuberoning aytishicha, "qaymoqranglilar"ning 32 yoshli yarim himoyachisi turnirda umuman ishtirok etmagan bo'lsa-da, jamoaning omadsiz ishtirokiga aloqador, deb hisoblanyapti.
Kroos ijtimoiy tarmoqlarda: "Kimdir muvaffaqiyatsizlikda meni ayblashini bilardim", deya yozgan.
Eslatib o'tamiz, Germaniya mundialda guruh bosqichidan o'ta olmay, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Xans-Diter Flik shogirdlari Ispaniya, Yaponiya va Kosta-Rika bilan kvartetda uchinchi o'rinni egalladi.