"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos kelajagi haqida fevral oyida yakuniy qaror qabul qiladi, deb xabar beradi Marca.
Yagona ishonch shundaki, nemis futbolchi faoliyatini Madrid klubida yakunlashi aniq. Savol aynan qachonligi.
Oldinroq "qaymoqranglilar" futbolchiga 2024 yilning yoziga qadar bir yillik shartnoma taklif qilishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Kroosning o'zi kelasi yili, amaldagi shartnomasi tugashi bilanoq faoliyatini yakunlashni o'ylamoqda.
Joriy mavsumda futbolchi 18 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.