"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos Ispaniya chempionatining navbatdagi turidan o'rin olgan "Valyadolid"ga qarshi o'yinda jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushadi. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, Modrich, Kamavinga va Tchuameni o'z terma jamoalari tarkibida yaqinda jahon chempionatida ishtirok etgani uchun uchrashuvda ishtirok etishga tayyor emas. Shu sababli Sebalos Toni Kroos va Federiko Valverde juftligi uchun yagona variant bo'lib qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, Sebalos mavsum oxirida "Real"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin, chunki uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi tez orada yakuniga etadi.