"Manchester Yunayted" yanvar oyida yangi futbolchi olishni istasa, Kodi Gakpo transferini tezlashtirishi kerak.
Jurnalist Rik Elfrinkning so'zlariga ko'ra, PSV niderlandiyalik futbolchini 50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, biroq Eyndxoven klubi uning o'rniga tezroq futbolchi topish uchun shartnomani tezroq yopishni istamoqda.
Gakpo uzoq vaqtdan beri "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. Niderlandiyalik mutaxassis avvalroq erkin agent sifatida ketgan Krishtianu Ronalduning o'rniga Kodini jamoaga jalb qilmoqchi.
Avvalroq Gakpoga "Liverpul" va "Real"dan ham qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.