“Barselona” Marko Asensio bilan shartnoma borasidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, futbolchining "Real" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Ara nashrining xabariga ko'ra, "Barselona" haligacha Asensioga bo'lgan qiziqishni yo'qotgani yo'q. Kataloniya klubi hali ham futbolchini kelasi yozda tekinga taklif qilish imkoniyatini o'rganmoqda.
So'nggi paytlarda Asensio "Real" bilan shartnomasini uzaytirish imkoniyatini oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Madrid klubi Markoni yana bir necha mavsumga "Santyago Bernabeu"da qoldirishga qarshi emas.