2017 yilgi Golden Foot (Oltin oyoq) nufuzli mukofotiga da'vogarlik qilayotgan 10 nafar futbolchi nomi ma'lum bo'ldi. Bu mukofot 28 dan yosh bo'lmagan futbolchiga futbolga qo'shgan hissasi uchun beriladi. Bu mukofotga faqatgina bir marta sazovor bo'lish mumkin.
Joriy mukofotni oluvchi nomzodlar ro'o'yxatidan Lionel Messi, Luis Suares (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu, Serxio Ramos (“Real”), Manuel Noyer, Aren Robben (“Bavariya”), Iker Kasilyas (“Portu”), Tyagu Silva (“PSJ”), Yahyo Ture (“Manchester Siti”) va Andrea Pirlo (“Nyu-York Siti”) kabi futbolchilar o'rin oldilar.
G'olib Golden Foot rasmiy saytida ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Mukofot 7 noyabrda Monakoda o'tadigan marosim vaqtida topshiriladi.