Madridning "Real" klubi rahbarlari belgiyalik yarim himoyachi Eden Azar uchun hali yangi jamoa topa olishmayapti.
Ok Diario nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi 31 yoshli belgiyalik futbolchining transferi bo'yicha hozircha hech qanday taklif olgani yo'q. Qolaversa, "qaymoqranglilar" hali Azarni ijaraga berish variantini ham topa olmayapti, chunki hech bir jamoaga yarim himoyachi kerak emas.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Joriy mavsumda Eden Azar "qirollik klubi" tarkibida Ispaniya chempionatida atigi uchta o'yin o'tkazdi.