«Real» prezidenti Florentino Peres "Golden Foot Prestige Award 2022" sovrini topshirildi. Ushbu sovringa Madriddagi samarali faoliyati e'tirofi o'laroq taqdim etildi.
«Bu men uchun ulkan sharaf. Mening "Real"dagi prezidentlik lavozimimdagi faoliyatimni e'tirof etgani uchun komissiya a'zolariga minnatdorchilik bildiraman.
Men hayotimning sezilarli qismini ushbu klubga bag'ishladim. Butun jahon bo'ylab millionlab muxlislar singari men ham ushbu klubning ashaddiy muxlisiman. "Real" munosib joyda bo'lishi uchun har kuni ishlayman
«Real» prezidenti bo'lish nafaqat sharaf, balki mas'uliyat ham. Mazkur e'tirof esa yanada ishtiyoq bilan ishlash uchun turtki beradi», – dedi Peres.