"Barselona" yarim himoyachisi Ansu Fati bir vaqtlar "Real"ga o'tishi mumkinligini tan oldi. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi 2012 yilda “Sevilya” akademiyasidan “ko'k-anorranglilar” safiga kelib qo'shilgan, biroq bungacha “qirollik klubi” bilan shartnoma imzolash imkoniga ega bo'lgandi.
"Barselona"ga o'tishimdan oldin "Real" bilan shartnoma imzolashim mumkin edi. Yakunda biz eng yaxshi echim "Barselona"ga o'tish deb qaror qildik", - dedi Fati Madrid Zone bilan suhbatda.
Avvalroq Fati Ispaniya chempionati doirasida “Espanol”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda “Barselona”ning asosiy tarkibida maydonga tushishi haqida xabarlar tarqalgan edi.