"PSJ" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe "Real" prezidenti Florentino Peresdan bu yilgi voqea uchun uzr so'radi. Bu haqda jurnalist Chiro Lopes xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda 24 yoshli hujumchi ispan klubiga o'tishga yaqin turgandi, biroq "PSJ" bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirishga qaror qildi.
Joriy mavsumda Mbappe jamoasi safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt frantsiyalik hujumchini 160 million evroga baholamoqda.