"Real" rahbariyati Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jud Bellingem uchun kurashda raqiblarini ortda qoldirishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqda nemis matbuoti xabar bermoqda.
"Real" 2023 yilda Bellingem bilan shartnoma imzolashga tayyor. Shuningdek, "Chelsi", "Manchester Siti", "PSJ" va "Liverpul" ham Judega faol da'vogarlik qilmoqda.
Qo'shimcha qilish kerakki, "Borussiya" Bellingemni sotishga tayyor. Futbolchining narxi 150 million evroni tashkil qilmoqda.