«Benfika» klubi va Argentina terma jamoasi himoyachisi Entso Fernandes faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin.
Madridliklar ustozi Karlo Anchelotti 21 yoshli futbolchini o'z jamoasi safida ko'rishni istamoqda. Ammo klub rahbariyati Entso uchun "Benfika" talab qilayotgan 120 million evro to'lamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Fernandes Qatardagi JChning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. U 7ta o'yinda ishtirok etib, bir gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.