"Benfika" yarim himoyachisi Entso Fernandes "PSJ"ga o'tishi mumkin.
RMC Sport nashri xabariga ko'ra, frantsuz klubi rahbariyati ushbu transfer tufayli jamoa ichidagi raqobatni kuchaytirmoqchi.
Oldinroq OAV 21 yoshli yarim himoyachi xizmatlariga "Real", "Barselona", "Manchester Siti", "Liverpul" va boshqa ko'plab top-klublar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Qayd etilishicha, “Benfika” o'z futbolchisini kelasi yozda 100 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Fernandes Qatarda o'tgan so'nggi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi.