Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Frantsiya terma jamoasida hali ham o'ynashi mumkin.
34 yoshli futbolchi yaqinda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. Bu qarorning asosiy sababi, ko'pchilik taxmin qilganidek, terma jamoa xodimlari, jumladan Dide Desham bilan ziddiyatdir. “Uch ranglilar” bosh murabbiyi Benzemani uyiga qaytishga majbur qildi, ammo hujumchining o'zi turnir davomida tuzalib, safga qaytishga ulgurishiga ishondi.
Foot Mercato xabariga ko'ra, "Oltin to'p" sohibi, agar terma jamoani Zinedin Zidan boshqaradigan bo'lsa, uni tark etish masalasini qayta ko'rib chiqishi mumkin.