Xorvatiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich imkon qadar tezroq jamoaga qaytishni afzal ko'rdi.
Zlatko Dalich jamoasi futbolchilari muvaffaqiyati Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatidagi uchinchi o'rinni o'z yurtida nishonlashga qaror qildi, biroq Modrich safdoshlariga qo'shilmadi, deb xabar bermoqda Tportal.
Buning o'rniga, 37 yoshli yarim himoyachi klub mavsumining qayta tiklanishiga erta tayyorgarlik ko'rish uchun Madridga qaytishga qaror qildi - u 30 dekabr kuni "Valyadolid"ga qarshi o'ynashni istamoqda.
Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasining 2022 yilgi Jahon chempionatidagi ettita o'yinida ham maydonga tushdi.