"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandesdan hayratda qoldi.
"Qaymoqranglilar" bir necha oylardan beri "Benfika" futbolchisiga davogarlardan biri sanalib kelinmoqda va Anchelotti Qatardagi jahon chempionati vaqtida 21 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatib bordi. Diario AS xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassisga Fernandesning jahon chempionatida ko'rsatgan o'yini juda yoqdi. U turnirda murabbiyni eng ko'p hayratda qoldirgan yosh argentinalik bo'ldi.
Entso Fernandes Argentina terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi. JCh-2022 doirasidagi ettita o'yinda yarim himoyachi bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.