"Apoel"ga qarshi o'yin oldidan darvozabon Keylor Navas Zinedin Zidan bilan birgalikda press-konferensiyada ishtirok etdi.
"Biz Chempionlar Ligasidagi navbatdagi yurishimizni boshlaymiz va bu bizga yangi motivatsiya baxsh etadi. Chempionlar Ligasi buyuk turnir va bu titulni yana boshimiz uzra ko'tarishni istaymiz. Xar bir o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz va raqiblarni ham har doim xurmat qilamiz. Buzning o'yin uslub o'zgarmaydi. Maydonda xujum va uchrashuvni nazorat qilamiz."
Motivatsiya haqida:
"Barcha uchrashuvlar o'zgacha. La Ligada biz so'nggi ikkita uchrashuvda g'alaba qozona olmadik. Ammi biz bo'lajak uchrashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Barchamiz g'alabaga chanqoqmiz."
Krishtianu Ronaldu haqida:
"Krishtianu yaxshi xolatda, u barchamizga namuna bo'la oladigan futbolchi. U har doim bizga yordam berib kelgan va bizning tarkibda jahonning eng kuchli futbolchisi borligini - o'zgacha. Uning yutuqlari nafaqat o'ziga balki jamoaga ham foydali. U har doim intensiv tarzda mashg'ulot o'taydi."
O'zi haqida:
"Mavsum oldi tayyorgarlik yaxshi o'tdi. O'rtoqlik o'yinlar formamizni tiklab olish uchun katta yordam berdi. Shaxsan bu uchrashuvlar men uchun juda foydali bo'ldi."