Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga tayinlanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Pentakampeonlar" "Qirollik klubi" murabbiyini ishdan bo'shatilgan Titening o'rniga asosiy nomzod deb biladi.
"Kelajakda nima bo'lishini bilmayman, lekin "Real"da juda baxtliman. 2024 yilgacha shartnomam bor. Ular meni ishdan bo'shatmaguncha ketmayman. Kelajagim haqida o'ylashga vaqtim bo'ladi", - dedi italiyalik murabbiy.
Avvalroq Anchelotti 2023 yilning yozida Braziliya terma jamoasini boshqarishga rozi bo'lgani xabar qilingandi.