"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Luka Modrichning yana bir mavsum jamoada qolishi ehtimolini baholadi. Xorvatiyalikning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2023 yilning iyulida yakuniga etadi.
“Modrich agar xohlasa, qoladi. Biz hammamiz uning faoliyatini "Real"da yakunlashiga ishonchimiz komil", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Modrich avvalroq xalqaro faoliyatini yakunlash niyatida emasligini va Germaniyada bo'lib o'tadigan Evro-2024da Xorvatiya terma jamoasida o'ynashni xohlayotganini tasdiqlagan edi.