"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio klub bilan yangi shartnoma imzolamoqchi, deya xabar beradi Sport.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi ko'proq o'yin vaqtini olishni istasa-da, madridliklar bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor.
Tomonlar optimistik fikrda va yaqin orada uchrashuv o'tkazishadi, u erda hamkorlikni davom ettirish shartlarini kelishib olishlari mumkin.
Futbolchi avvalroq "Real"da o'zini baxtli his qilishini aytgandi.
Joriy mavsumda Asensio "Real" safida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
26 yoshli yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.