Hujumchi Krishtianu Ronaldu hech bo'lmaganda qisqa muddatga "Real"ga qaytishni istardi. Buning uchun portugaliyalik hatto eng kam ish haqiga ham rozi.
Jurnalist Tomas Gonsalesning so'zlariga ko'ra, “qirollik klubi” rahbariyati ham o'z tarixidagi eng yaxshi to'purarni qaytarishga qarshi emas, biroq to'siq – Krishtianu ikkinchi darajali rol o'ynashga rozi bo'lmasligida. Futbolchi asosiy tarkibda o'ynashni istaydi, buni unga "Santyago Bernabeu"da hech kim kafolat bermaydi.
Ronaldu "MYu"ni tark etgach, erkin agent maqomida. So'nggi ikki kun portugaliyalik "Real Madrid" bazasida mashg'ulot o'tkazdi, shundan so'ng Dubayga uchib ketdi.